IT tadbirkor · Toshkent — Praga

Murod Sodiq

Eurosoft va DacoreIT asoschisi. 15 yildan beri davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar uchun raqamli tizimlar quraman — va bilganimni yoshlarga ulashaman.

Murod Sodiq

Jamoa loyihalarini amalga oshirgan tashkilotlar

Asian Development Bank
World Bank
United Nations
USAID
O'zbekiston Respublikasi vazirliklari

Bir qarashda.

Tajriba

15+

yil IT loyihalarda

Vazirliklar, xalqaro donorlar va biznes uchun yuzlab loyihalar.

Eurosoft ofisiEurosoft ofisi, Toshkent

Hozir

Eurosoft va DacoreIT asoschisi

Sovchi.app — UzCombinator TOP-30

110+

davlatda mijozlar

1000+

IT mutaxassis bilan ishlagan

“Qachon vaqting puldan qimmat bo'lsa — ana o'shanda milliarder bo'lasan.”

Ustozidan eshitgan o'git

Telegram

Har kuni bitta saboq

@murodsodiq ›

Murod Sodiq

Qishloqdan xalqaro bozorgacha.

Namangan viloyatidagi qishloq maktabida o'qigan bola bugun Praga va Toshkentda xalqaro IT kompaniyalarni boshqaradi. Uning ishonchi oddiy: halol biznes — barakali biznes.

To'liq hikoya

O'n besh yil, bir yo'nalish.

  1. 2012
    Amerika tajribasi

    Work and Travel dasturi. Qolish imkoni bo'lsa-da, vataniga qaytib o'qishni tanladi.

  2. Praga
    DacoreIT

    Kichik ofisdan boshlangan kompaniya 110+ davlatga xizmat ko'rsatadigan bo'ldi.

  3. 2019
    Eurosoft

    Toshkentda Eurosoft MChJ tashkil etildi; 2020-yilda IT Park rezidenti bo'ldi.

  4. 2021
    Eurosoft jamoasi

    Mfaktor'da KPI va korporativ madaniyat bo'yicha trening. AVLO Podcast loyihasi. “Tourism. The Path to Innovation” tanlovida 350 mln so'm grant.

  5. 2022
    Ma'ruzachi

    PDP'da “IT'ni faqat pul topish uchun o'rganmang” master-klassi. Bigdata'da IT bozori bo'yicha ma'ruza.

  6. 2023
    Yosh Menejer

    Loyiha boshqaruvi, Agile va Scrum bo'yicha asosiy ustozlardan biri.

  7. 2025
    InfoTeach va xalqaro aloqalar

    Farg'ona va Andijonda 1000+ informatika o'qituvchisi uchun forumlar. Zack Kass bilan uchrashuv. Turkiyadagi IT savdo delegatsiyasi.

  8. 2026
    Yangi startaplar

    Sovchi.app UzCombinator TOP-30 ga kirdi. Yangi Asr universitetida sun'iy intellekt bo'yicha seminar.

Universitet, forum va podkastlarda.

Barcha chiqishlar
Mfaktor biznes treningiMfaktor biznes treningi

2026

Sun'iy intellekt bo'yicha seminar

Yangi Asr universiteti

2025

IT loyihalarning 70% nega muvaffaqiyatsiz bo'ladi?

Ochiq vebinar

2025

InfoTeach — 1000+ informatika o'qituvchisi

Farg'ona, Andijon

2025

Ulashish iqtisodiyoti: davlat va tadbirkor roli

Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Robot hech qachon inson bo'lmaganidek, inson ham hech qachon robotlashmasligi kerak.
Murod Sodiq, sun'iy intellekt haqidaBoshqa fikrlar

So'nggi yozuvlar.

Telegram kanal

16.11.2026

Agar siz men bugun bilgan narsalarni bilganingizda edi, qo‘lingizdagi telefonni o‘chirib q…

Sun’iy intellekt va texnologiyalar biz tasavvur qilganimizdan ham uzoqqa ketib bo‘ldi. Biz telefonni o‘zimizga xizmat qiladigan vosita deb o‘ylaymiz. Aslida esa u biz haqimizda o‘zimizdan ham ko‘proq ma’lumot to‘playotgan bo‘lishi mumkin. Qayerga boramiz, kim bilan gaplashamiz, nimani qidiramiz, nimaga qiziqamiz, hatto oilamiz bilan bo‘lishadigan shaxsiy lahzalarimiz ham texnologiyalar nazaridan qanchalik himoyalangan? Eng qo‘rqinchlisi — biz qanchalik kuzatilayotganimizni ham aniq bilmaymiz. Ilgari farishtalar har bir so‘zimiz va amalimizni yozib borishi haqida eshitganimda, buni aqlan tushunardim. Bugun esa texnologiyalar orqali inson hayotining naqadar batafsil qayd etilishi mumkinligini ko‘rib, bu tushunchaning mas’uliyatini yanada chuqurroq his qilyapman. Telefoningiz yoningizda ekan, «Men yolg‘izman, hech kim yo‘q», deb xotirjam bo‘lmang. Bir zamonlar biz texnologiyani boshqarardik. Endi esa savol boshqa: Biz texnologiyani boshqaryapmizmi yoki texnologiya bizni? #bugun_nima_organdim 👉 @murodsodiq

O'qish

10.11.2026

🤫 SUKUT — QACHON HIKMAT, QACHON OJIZLIK?

Har doim jim turish donolik emas. Ba’zan sukut insonni ulug‘laydi, ba’zan esa uning ojizligini oshkor qiladi. Sukutning 9 xil ma’nosi bor: 🏆 G‘alabada sukut — ISHONCH. Haqiqiy g‘olib o‘zini isbotlashga muhtoj emas. 🍃 Yomon munosabatda sukut — DONOLIK. Har bir gap javobga arzimaydi. 🤲 Ehtiyojda sukut — IFFAT. Izzat-nafsni saqlash ham fazilat. 🌧 Musibatda sukut — SABR. Har bir dard shikoyat bilan yengillashmaydi. 🔥 G‘azabda sukut — QUVVAT. Eng katta g‘alaba — o‘z nafsini yengish. ⚖️ Adolatsizlikda sukut — OJIZLIK. Haqni himoya qilish imkoni bo‘la turib jim turish fazilat emas. 🗣 Gapirish zarur bo‘lganda sukut — BEFARQLIK. Ba’zan aytilmagan haqiqat ham xiyonatdir. 🌿 So‘z so‘ralmaganda sukut — ODOB. Har narsaga aralashish bilimdonlik emas. 📚 Ustozlar huzurida sukut — ILMGA HURMAT. Tinglashni bilmagan o‘rganishni ham bilmaydi. 📌 XULOSA: Sukutning qadri jim turishda emas, qachon jim turishni bilishda. Haqiqatni aytish kerak bo‘lgan joyda sukut — fazilat emas. G‘azabni yutish kerak bo‘lgan joyda esa sukut — buyuk fazilat. Zero, donolik — qachon gapirishni va qachon sukut saqlashni bilishdir. #bugun_nima_organdim 👉 @murodsodiq

O'qish

08.11.2026

O’zi nega bilim olish kerak?!

Ochig‘i, men bu haqiqatni endi-endi tushunyapman. Bizga yoshlikdan ilm olish — yaxshi baho olish, o‘qishga kirish, diplom olish, yaxshi ish topish uchun deb o‘rgatildi. Shu sabab ko‘p narsani bilishga intildik. Lekin bilganlarimizga qanchalik amal qilayotganimiz haqida kamroq o‘yladik. Endi tushunyapmanki, ilmning mevasi — amal ekan. Sog‘lom yashash haqida bilsam-u, sog‘lig‘imga e’tibor bermasam, bu bilimning menga nima foydasi bor? Sabr haqida o‘qisam-u, hayotimda sabrliroq bo‘lmasam-chi? Yaxshilik haqida bilsam-u, atrofimdagilarga yaxshiligim ko‘paymasa-chi? Har bir yangi bilim hayotimda biror yaxshilikka aylanishi kerak emasmi? Ya’ni har bir yangi bilim meni kechagidan sog‘lomroq, baxtliroq, boyroq, mehribonroq va solihroq insonga yaqinlashtirishi kerak. Shunchaki ko‘proq bilish hayotimda o’zgarish yasamasa, meni o’zgartirmasa u bilimni nima keragi bor?! Chiqindidan boshqa farqi yo’q. Miyyamni nega u bilan to’ldiraman?! Chunki ilm xotiramda qolishi uchun emas, hayotimda aks etishi uchun berilgan. Asl o‘sish — bilganlarimiz ko‘payganida emas, amallarimiz o‘zgarganida. 👉 @murodsodiq

O'qish

Tadbirlardan lavhalar.

Galereya
Software and IT Services
Software and IT ServicesTurkiya
Ish uchrashuvi
Ish uchrashuviLoyiha muhokamasi
B2B muzokaralar
B2B muzokaralarTurk IT kompaniyalari bilan
Ochiq uchrashuv
Ochiq uchrashuvEurosoft ofisi, Toshkent